
Karolina Plishkova ikkinchi davradan o‘tib oldi
Xitoyning Tyantszin shahrida ayollar o‘rtasida o‘tayotgan "Tianjin Open" xalqaro turnirida ikkinchi davra bahslari davom etmoqda.
Ushbu bosqichda chexiyalik Karolina Plishkova sloveniyalik Polona Gertsog ustidan 6:1, 6:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Endi navbatdagi bosqichda Karolina hamyurti Barbora Kreychikova hamda britaniyalik Kati Bolter uchrashuvi g‘olibiga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar