Kavani Messiga to‘purar qanday bo‘lishini ko‘rsatib qo‘ydi

  • 22 yanvar, 2017, 11:54
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
 

PSJ hujumchisi Edinson Kavani Frantsiya chempionatining 21-turida "Nant" darvozasiga ikkita to‘p kiritib, joriy mavsumdagi gollari sonini 20 taga etkazdi. Shu tariqa urugvaylik charm to‘p ustasi kuchli beshlik chempionatlarida to‘purarlik qilayotgan futbolchilar orasida birinchi bo‘lib 20 ta gol urgan hujumchiga aylandi.

Kavaniya Frantsiya to‘purarlari orasida o‘zining eng yaqin ta’qibchisi Aleksandr Lyakazzettni beshta golga ortda qoldirmoqda.

Angliya premer-ligasi to‘purarlari Zlatan Ibrohimovich, Aleksis Sanches va Diego Kostaning gollari soni 14 tani tashkil qiladi. Ispaniya chempionatida eng ko‘p gol urgan Luis Suares va Lionel Messi ham mavsum boshidan buyon chempionatda o‘n to‘rttadan gol urdi.

Bundesligada eng ko‘p to‘p kiritgan Per-Emerik Obameyang hisobida o‘n oltita va Italiya chempionati to‘purari Mauro Ikardida o‘n beshta gol bor.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!