Kavani va Verratti MYuga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin

PSJ bosh murabbiyi Tomas Tuxel “Bordo”ga qarshi Frantsiya chempionati 24-tur bahsidan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida hujumchi Edinson Kavani va yarim himoyachi Marko Verratti EChL turniri doirasida “Manchester Yunayted”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishlari mumkinligini aytib o‘tishdi.

Verratti chap oyog‘idagi jarohati sababli PSJning bir nechta o‘yinlarida maydonga tusha olmagan, biroq “Bordo”ga qarshi bahsda 59 daqiqa harakat qilgan.

Kavani esa bu bahsda belidan jarohat olgan. Hujumchi birinchi bo‘limni to‘liq o‘tkazdi, biroq tanaffusdan keyin uning o‘rniga Kilian Mbappe maydonga tushdi.

Eslatib o‘tamiz, “Manchester Yunayted”ga qarshi ikkita o‘yinni PSJ etakchisi Neymar jarohati sababli o‘tkazib yuborishi aniq bo‘lgan.

MYuga qarshi EChL 1/8 final birinchi o‘yin Manchester shahrida 12 fevral kuni bo‘lib o‘tsa, javob bahsi 6 mart kuni Parijda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ҳайрулла Аҳмаджонов
10/02/2019 15:49
МЮ уйғонмоқда. ПСЖ яна муҳим ўйинлар олдидан йўқотишга учради ва яна мағлубиятга учрашга яқин
&
King of World
10/02/2019 15:08
МЮга байрам эканде... Неймар, Кавани, Верратти йўқ. Омад келадиганга ўхшайди. Бўлмаса шўрига шўрва эди мюнинг
&
Alisher
10/02/2019 15:27
Ака, бунданда слабий жамоаларга қарши ўйинларда ютқазган жамоа, яна ютқазади атвичаю!
&
King of World
10/02/2019 22:27
Отвечать демаслик кк