Kellini: Ronaldu 40 yoshgacha futbol o‘ynay oladi

  • 19.11.2018 20:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Turinning “Yuventus” klubi himoyachisi Jorjo Kellini jamoadoshi Krishtianu Ronaldu yana bir necha yil davomida yuqori darajada futbol o‘ynay olishini aytdi.

“Ronaldu 40 yoshgacha o‘ynay oladimi? O‘ylaymanki, ha. Men ham o‘ynay olaman. Ammo, buni xohlamayman.

Mashg‘ulotlar davomida u barchamizni qattiq ter to‘kishga majbur qiladi.

Ronaldu – juda aqlli yigit. U boshqa mamlakatdan keldi, biroq, kelishi bilan darhol shahar atmosferasini o‘rganishga harakat qildi”, - deydi italiyalik tajribali himoyachi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!