Kepaning transferi tufayli "Atletiko" vakillari havotirga tushib qolishdi

  • 9 avgust, 2018, 06:37
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

AS xabariga ko‘ra, "matraschilar" sloveniyalik kiperga 2023 yilga qadar mo‘ljallangan bitim taklif etadi.

Tecno

Xabarday aytilishicha, madridliklar uning maoshini karrasiga ko‘tarishga rozilar. Shu bilan birga uning tovon pulini 100 mln evrodan  250 mln evroga ko‘tarmoqchilar.

"Atletiko" rahbarlarini "Chelsi" tomonidan Kepa Arrisabalaga uchun 80 mln evro to‘langani bezovta qilgani aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, Oblak Madridga 2014 yil "Benfika" safidan kelib qo‘shilgan va "matraschilar" safida 162 ta bellashuvda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 100 ta gol olib chiqqan. Shuningdek uning hisobida 93 ta "quruq" o‘yin borligini ham qo‘shimcha qilish joiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!