Kiki Bertensning kuchli zarbalari g‘alaba keltirdi
Gollandiyalik tennischi Kiki Bertens Doxa shahrida o‘tayotgan musobaqada italiyalik Kamila Jorjiga qarshi o‘yin o‘tkazdi.
Birinchi davradan joy olgan ushbu uchrashuvni 0:6 hisobida mag‘lubiyatga uchrab boshlagan Kiki, ikkinchi setda tay-brekda zafar quchdi.
So‘nggi hal qiluvchi uchinchi setda esa Bertens o‘yin tizginini butkul qo‘lga olib, 6:4 hisobida g‘alaba qozondi. Endi "Qatar Total Open" turnirining ikkinchi davrasida Bertens ispaniyalik Karla Suares Navarroga qarshi kortga chiqadi.



Fikrlar