Klichkoning o‘g‘liga alligator hujum qildi

  • 26 yanvar, 2017, 14:40
  • 0
  • Boks
BEPUL PROPAN

Super og‘ir vazn toifasining WBC va WBO kamarlari sobiq sohibi ukrainalik Vitaliy Klichkoning 16 yoshli o‘g‘liga alligator hujum qildi.

Worldboxingnet nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, voqea Egor-Daniel Klichko volontyor bo‘lib ishlaydigan Evergleyds milliy parkida (AQSh) yuz bergan. Alligator o‘smirning qo‘lini tishlab olgan.

vitaly klitschko

Eslatib o‘tamiz, katta Klichko professional ringda 47 jang o‘tkazib, 45 (41 nokaut) g‘alaba va 2 mag‘lubiyat qayd etgan. U so‘nggi marta 2012 yil 8 sentyabrda ringga chiqqan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!