Bahrom Haydarov: "Qizil kartochkalar rejalarimizni buzib qo‘ymoqda"

  • 19 aprel, 07:48
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 6-turida “Qo‘qon-1912” mehmonda “Qizilqum”ga yagona o‘tkazib yuborilgan gol evaziga mag‘lubiyatga uchradi. Uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Bahrom Haydarov fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

- Noqulay ob-havo sharoitiga qaramasdan “Qo‘qon-1912” ishqibozlari Navoiyga kelib bizni qo‘llab-quvvatlashgani uchun rahmat aytaman. Shunday yomg‘irli havoda ikkala jamoa muxlislari stadionga kelib jamoalarini olqishlab turishgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Bevosita uchrashuvga kelsak, o‘ylashimcha, ikkita teng kuchli jamoalar maydonga tushishdi. O‘yin ham shunga mos ravishda bo‘layotgandi. Lekin safardagi ikkinchi o‘yinimizdirki, qizil kartochka rejalarimizni buzib qo‘yyapti. Bu haqida gaplashyapmiz, ish olib boryapmiz. Futbolchilar bilan yana bu xususida gaplashib olamiz. Chunki 10 kishi bo‘lib o‘ynash qiyin, Superligada teng kuchli jamoalar orasida. Qizil kartochkalar rejalarimizni buzib qo‘ymoqda. Ikkinchi bo‘limda “Qizilqum” jamoasi oldinga o‘tdi va gol urishga erishdi. Bu bizni kamchiligimiz hisobiga emas, himoyadagi xatoimiz evaziga. Buni o‘rganib chiqishimiz kerak. Tabiiyki, “Qizilqum” hisobni ushlab qolishga, taktik o‘yin ko‘rsatishga o‘tdi. Biz ham iloji yo‘q, to‘pni egallab, tavakkalchilikka qo‘l urdik. Lekin bir futbolchi kamchilik evaziga raqib himoyasini yorib o‘tish qiyinchilik tug‘dirdi. Bunga erisha olmadik.

- Qizil kartochka bo‘yicha hakamga e’tirozingiz yo‘qmi?

- Hali vaziyatni ko‘rib chiqqanim yo‘q. Mendan ancha uzoqda edi. Videoyozuvini ko‘rib chiqamiz. VAR ham o‘sha holatni ko‘rib chiqdi. O‘ylaymanki, hakamlar xato qilishmagandir.

- Qizil kartochkadan keyin jamoangiz bir kishi kam bo‘lib qolishiga qaramay, birinchi bo‘limga nisbatan ancha yaxshi harakat qildi. Shuni birinchi bo‘limda ham namoyish etsa bo‘lmasmidi?

- Bu jamoalarni o‘z strategiyasida. O‘ylashimcha, “Qizilqum” bizni qarshi hujumda ushlamoqchi bo‘ldi. Reja bo‘yicha himoyaga o‘tib oldi va biz to‘pni nazorat qilishga, oldinga o‘tib, hujum qilishga majbur bo‘ldik. “Qizilqum”da qarshi hujumlarda imkoniyatlar bo‘ldi. Lekin boshqa gol urolmadi. Unchalik vaziyatlarimiz bo‘lmadi, yorib kirish qiyin bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!