Koke: "Atletiko" g‘alabalarga chanqoq jamoa

Madridning "Atletiko" klubi yarim himoyachisi Koke UEFA Superkubogi doirasida "Real Madrid" ustidan qozonilgan (4:2) g‘alabadan so‘ng o‘z fikrini bildirdi.

- G‘alaba uchun ko‘p mehnat qildik. Albatta, uchrashuv qiyin o‘tishini his qilgandik. Bir jamoa bo‘lib harakat qilganimiz nimalarga olib kelishini guvohi bo‘ldingiz.

Birgalikda mehnat qilsak baland cho‘qqilarni zabt etamiz. "Atletiko" o‘z oldiga katta maqsadlarni qo‘ygan, - deya Kokening so‘zlaridan iqtibos keltiradi UEFA rasmiy veb-sayti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!