
Kompanining otasi Belgiyadagi ilk qora tanli mer bo‘ldi
"Manchester Siti" klubi va Belgiya terma jamoasi himoyachisi Vensan Kompanining otasi Per Kompani kecha bo‘lib o‘tgan saylov natijalariga ko‘ra poytaxt Bryusselning Gansxoren munitsipaliteti meri etib tayinlandi.
Ta’kidlash kerakki, Gansxoren Belgiya poytaxtida joylashgan 19ta munitsipalitetdan biri hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, Kompanining otasi Belgiyaga 1975 yil Kongo demokratik respublikasidan qochoq maqomida kelgan edi. 2006 yildan buyon u siyosatchi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Per Kompani 2010 yilda mahalliy parlamentga deputat etib saylandi.
Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra Per Kompani Belgiyada mer etib tayinlangan ilk qora tanli inson sifatida tarixga kirdi.
Fikrlar