
"Roma" hujumchisi jarohati sabab, terma jamoadagi muhim uchrashuvlarda ishtirok eta olmaydi
"Roma" hujumchisi Paulo Dibala jarohati sabab, 1 oyni o‘tkazib yuborishi kutilmoqda. Bu orqali futbolchi terma jamoadagi 2 ta muhim bellashuvda ishtirok eta olmasligi ma’lum bo‘ldi.
Mashhur insayder Fabritsio Romanoning yozishicha, Paulo Argentna safida Urugvay va Braziliyaga qarshi uchrashuvlarda jamoasiga yordam bera olmaydi. Dastlabki tekshiruv natijalariga ko‘ra, uning jarohatdan forig‘ bo‘lishi 1 oyni talab qilishi mumkin.
Xabaringiz bor, Argentina Jahon chempionati saralashi guruh bosqichining navbatdagi bahsida 22 mart kuni Urugvay, 26 mart kuni esa Braziliyaga qarshi maydonga tushadi.
Bundan tashqari, bir necha soat oldin jamoa sardori hisoblangan Lionel Messi ham o‘zini noqulay his qilayotgani sabab, maydonga tusha olmasligi ma’lum bo‘lgan edi.
Fikrlar