Ko‘pkurash: Ekaterina Voronina yadro uloqtirish yo‘nalishida 3-o‘rinni egalladi
Osiyo o‘yinlari dasturidan o‘rin olgan ko‘pkurash bahslarining yadro uloqtirish bellashuvlari o‘z yakuniga etdi.
Ushbu bellashuvlarda hamyurtimiz Ekaterina Voronina ham ishtirok etdi. Xususan, ushbu bahsda snaryadni 12,59 metrga uloqtirgan hamyurtimiz yakunda 3-o‘rinni band etdi.
Qayd etish lozim, ushbu yo‘nalishda xitoylik Muxan Shen 1-o‘rinni band etgan bo‘lsa, hindistonlik Svapna Barman 2-o‘rinni egalladi.
Ma’lumot o‘rnida, ko‘pkurash bahslari 7 ta yo‘nalishdan iborat bo‘lib, sportchilar har bir yo‘nalishda qo‘lga kiritilgan natijalar asosida g‘olib va sovrindorlar nomiga aniqlik kiritiladi.
Fikrlar