Koutino: Braziliya termasi ruhiy jihatdan kuchliroq bo‘lishi kerak
Braziliya terma jamoasi yarim himoyachisi Filippe Koutino milliy termasi JCh–2018 chorak finalidan o‘ta olmaganidan afsusda ekanini aytdi.
Braziliya termasi Jahon chempionati chorak finalida Belgiya bilan to‘qnash kelib, 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergandi.
“Bir necha kun o‘tib ketganiga qaramay, hamon og‘riqli hissiyotlar boshdan kechmoqda. Braziliya termasi ko‘prog‘iga loyiq edi. Ushbu jamoa a’zosi ekanimdan faxrlanaman. Turnir boshidan bizni qo‘llab-quvvatlagan Braziliya xalqidan minnatdorman.
Ko‘plab ijobiy fikrlar uchun tashakkur. Endi elkadagi yuklarni tashlab, ruhiy jihatdan kuchliroq bo‘lishimiz kerak. Men – braziliyalikman va bundan faxrlanaman”, – deb yozdi Koutino “Instagram”dagi sahifasiga.

Fikrlar