Kovachich "Chelsi"da qolmoqchi
Mavsumni “Chelsi” safida ijara asosida o‘tkazayotgan “Real” xavbeki Mateo Kovachich Londonda qolishni xohlamoqda.
El Chiringuito TV tarqatgan xabarga ko‘ra xorvatiyalik futbolchi “aristokratlar” uning transferini to‘liq sotib olishlariga umid qilmoqda.
Ma’lumot uchun, Kovachich joriy mavsum “Chelsi” safida jami 34ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar