Kristina Mladenovich bu g‘alabani olti oy kutdi
Frantsiyalik Kristina Mladenovich Sankt-Peterburgda ayollar o‘rtasida o‘tkazilayotgan xalqaro turnirda slovakiyalik Dominika Tsibulkovaga qarshi kortga chiqdi.
“St.Petersburg Ladies Trophy - 2018” turnirining chorak final yo‘llanmasi uchun o‘tkazilgan mazkur uchrashuvda Kristina 6:4, 6:4 hisobida g‘alaba qozondi.
Endi Mladenovich chorak finalda chexiyalik Katerjin Sinyakova hamda rossiyalik Ekaterina Makarova o‘rtasidagi uchrashuv g‘olibiga qarshi kortga chiqadi.
Eslatib o‘tamiz Kristina Mladenovich 2017 yilning avgust oyidan beri endigina g‘alaba qozondi.
Fikrlar