Kurash: Nurbek To‘raev yarim finalda imkoniyatni boy berdi

Osiyo o‘yinlarining kurash bahslari o‘zining ayni qizg‘in pallasiga kirib bormoqda.

Bellashuvlarning +90 kg vazn toifasidagi polvonlar o‘rtasidagi yarim final bosqichida hamyurtimiz Nurbek To‘raev eronlik Jafar Pahlavonijagharga qarshi gilamga ko‘tarildi.

Qiziqarli o‘tgan bahs esa eronlik polvonning foydasiga yakunlandi. Qayd etish lozim, Pahlavonijagharga finalda Muhsin Hisomiddinov raqiblik qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!