Asosiy mazmunga oʻtish

Osiyo O'yinlar

Kurash: Yahyo Imomov finalda

Bahodir Hasanov
Izohlar: 0

Yarim final bosqichi ancha qiziqarli o‘tmoqda.

Osiyo o‘yinlarining bugungi kun dasturidan o‘rin olgan kurash bahslarining erkaklar o‘rtasidagi final bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan dastlabki polvon nomiga aniqlik kiritildi.

-90 kg vazn toifasidagi sportchilar o‘rtasidagi yarim final bosqichida hamyurtimiz Yahyo Imomov qozog‘istonlik Ersultan Muzaffarovga qarshi gilamga ko‘tarildi. 

Qiziqarli kechgan bahsda hamyurtimizning qo‘li baland keldi. Endi vakilimiz hal qiluvchi bosqichda Shermuhammad Jandreev va Husayn Misri juftligi g‘olibiga qarshi bahs olib boradi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q