Kurtua ketma-ket ikkinchi kun "Chelsi" mashg‘ulotlariga kelmadi
Xabaringiz bor kecha Londonning "Chelsi" klubi darvozaboni Tibo Kurtua hech qanday sababsiz jamoa qarorgohini tark etgani haqida xabar tarqalgan edi.
Sky Sports nashri tarqatgan xabarga ko‘ra belgiyalik posbon bugun ham “aristokratlar” safiga qaytmagan va bugungi mashg‘ulotlarni ham o‘tkazib yuborgan. Ma’lumotlarga qaraganda Kurtua aynan shu yo‘l bilan “Chelsi” rahbariyatini o‘zini “Real”ga qo‘yib yuborishga ko‘ndirmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, “Chelsi” Kurtuaning o‘rniga ayni damda “Atletiko” posboni Yap Oblak hamda “Atletik” Bilbao darvozaboni Kepa Arrisabalagalarning nomzodlarini ko‘rib chiqmoqda.
Fikrlar