La Liga. "Atletiko" o‘ziga kelmoqda
Madridning "Atletiko" klubi bu tur safarda "Xetafe"ga qarshi bahs olib bordi. "Kolizey Alfonso Peres" stadionida kechgan uchrashuv "matraschilar"ning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakun topdi.
14-daqiqada mezbonlar darvozaboni David Soriya o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Ikkinchi bo‘limda esa Toma Lemar hisobni ishonchli ko‘rinishga kelishini ta’minladi.
Fikrlar