
La Liga. “Barselona” yirik hisobda “Atletik”ni taslim qildi
Ispaniya chempionati 21-turida “Barselona” o‘z maydonida “Atletik Bilbao” futbolchilarini qabul qildi.
Mazkur bellashuvda kataloniyaliklar katta ustunlikka ega bo‘ldi va bu hisobda ham aks etdi. Pako Alkaser, Lionel Messi va Aleysh Vidalning gollari “Barselona”ning yirik g‘alabasini ta’minladi.
Barselona – Atletik 3:0
Gollar: 1:0 – 18 Pako Alkaser, 2:0 – 40 Messi, 3:0 – 67 Aleish Vidal.
Barselona: ter Shtegen, Pike (Maskerano, 46), Mate, Umtiti, Aleish Vidal, Rafinya (Rakitich, 54), Turan, Andre Gomesh, Messi (Serji Roberto, 64), Pako Alkaser, Neymar.
Atletik: Iraysos, Inigo Lekue (Aduris, 52), Balensiaga, Yeray Alvares, De Markos, Iturraspe, San Xose (Benyat, 59), Muniain, Raul Garsiya (Eraso, 74), Inyaki Uilyams, Laport.
Ogohlantirishlar: Pike (22), Iturraspe (27), De Markos (34), Laport (70).
Fikrlar