La Liga. "Real" mavsumni g‘alaba bilan boshladi
Kecha Ispaniya La Ligasida ham ilk turdan o‘rin olgan ba’zi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Hususan, musobaqa favoritlaridan biri sanalgan Madridning “Real” klubi shu kuni o‘z maydonida “Xetafe”ni qabul qildi. Qiziqarli kechgan uchrashuv taqdirini Dani Karvaxal va Garet Beyllar tomonidan kiritilgan gollar hal qildi. Yakuniy hisob 2:0.
"Real" Madrid – "Xetafe" – 2:0
Gollar: Karvaxal, 20 – 1:0. Beyl, 51 – 2:0.
"Real": Navas, Karvaxal, Nacho, Ramos, Marselo, Sebalos (Modrich, 71), Kroos, Isko (Kazemiro, 58), Asensio, Beyl (Vaskes, 77), Benzema.
"Xetafe": Soriya, D.Suares, Dakonam, Gonsales, Kabrera, Maksimovich, Arambarri, Portilo (Alexo, 64), Sibasaki, Dediu (Mata, 58), Molina (Anxel, 71).
Fikrlar