Lando Norrisning so‘nggi xatosi qimmatga tushdi

CHERY AUTO

Makaoda Formula-3 bo‘yicha Gran-pri bahsining asosiy poygasi yakunlandi.

Poygada asosiy kurash «Motopark» jamoasi a’zosi Daniel Tiktum va «Karlin» jamoasining eng tajribali poygachisi Lando Norrisni o‘rtasida kechdi.

Musobaqaning so‘nggi hal qiluvchi 15 aylanasida oldinda borayotgan Lando oxirgi qayrilishda xatoga yo‘l qo‘ydi. Bundan unumli foydalangan Daniel oldinga o‘tib, poyga g‘olibiga aylandi.

Quyida asosiy poyganing natijalari bilan tanishasiz:

  1. Daniel Tiktum («Motopark») – 15 aylana
  2. Lando Norris («Karlin») +0,568
  3. Ralf Aron («Van Amersfort») +1,763
  4. Ferdinand Gabsburg («Karlin») +1,953
  5. Maksimilian Gyunter («Teodor Prema») +4,463
  6. Pedro Pike («Van Amersfort») +5,141
  7. Sasha Fenestraz («Karlin») +5,386
  8. Chjou Guanyuy («Teodor Prema») +6,483
  9. Tadasuke Makino («Motopark») +7,626
  10. Djexan Daruvala («Karlin») +10,455

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!