
Legionerlarimiz. Bugun Aziz Haydarov jamoasi o‘ynaydi
Bugun BAA Pro ligasida 23-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Aziz Haydarov to‘p suradigan “Al-Shabab” bugun chempionlik uchun harakat qilayotgan “Al-Jazira”ga qarshi maydonga tushadi.
Agarda bugun Haydarov va uning jamoasi raqibga imkoniyatni boy bersa, “Al-Jazira” deyarli BAA chempionligini qo‘lga kiritadi. Boisi, chempionat tugashiga 4 ta tur qolmoqda va eng yaqin ta`qibchi – “Al-Axli”, Haydarov jamoasining bugungi raqibidan 8 ochko ortda bormoqda. “Al-Shabab” esa turnir jadvalining qoq o‘rtasida(8-o‘rin) turibdi va bu o‘rinni hech kimga bermasligi haqiqatga yaqinroq.
Mazkur bahs bizning vaqt bilan 21.45 da boshlanadi.
BAA Pro ligasi. 23-tur
21.45 “Al-Jazira” – “Al-Shabab”
Fikrlar