Lempard "Chelsi"ni mag‘lub qilsa, nishonlamaydi
“Derbi Kaunti” klubi bosh murabbiyi Frenk Lempard bugun Angli Liga kubogida “Chelsi” bilan bo‘ladigan o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
– Agar bugungi o‘yinda g‘alaba qozonsak, nishonlamayman. O‘zimni ushlab turish borasida biror muammo bo‘ladi deb o‘ylamayman. Bu klubni hurmat qilaman.
– Men “Chelsi” darvozasiga gol urganimda ham nishonlamaganman. Buni million yildan keyin ham qilmasdim. Hozir ham “Chelsi” va bu klubning muxlislarini yaxshi ko‘raman. Jamoa bilan aloqa abadiy qoladi deb o‘ylayman, – deydi Lempard.
“Chelsi” – “Derbi Kaunti” o‘rtasidagi uchrashuv 31 oktyabr kuni Londondagi “Stemford Brij” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 00:45da start oladi.
Fikrlar