
Lempard Terrini jamoasiga olmasligini aytdi
"Derbi" klubi bosh murabbiyi Frenk Lempard o‘z jamoasiga jamoasiga ayni damda ishsiz yurgan sobiq jamoadoshi Jon Terrini jalb etmasligini aytdi.
“Jon – fantastik etakchi va buyuk futbolchi. U hozir juda ko‘p takliflarga ega. Bizda hozir himoya chizig‘ida hammasi joyida va shu bois hech kimni xarid qilmoqchi emasmiz.
Jon qaerga borsa ham buyuk bo‘lib qoladi. U nimani xohlasa shuni qiladi”, - deydi Lempard.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq 37 yoshli futbolchi Moskvaning “Spartak” klubidan bo‘lgan taklifni rad etgan edi. Unda shuningdek “Aston Villa”ga yoki “Chelsi”ga qaytish variantlari ham mavjud.
Fikrlar