“Lester” 6-divizionda to‘p suruvchi “yangi Vardi”ni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Angliyaning amaldagi chempioni hisoblangan “Lester” klubi mamlakat 6-dvizionida ishtirok etuvchi “Stafford” klubi forvardi Josh Gordonni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin.
“Stafford” safiga o‘tgan yilning oktyabrida “Nantvich Taun”dan kelib qo‘shilgan 22yoshli Gordon o‘tgan davr mobaynida o‘z hisobiga 10ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Ta’kidlash kerakki, “tulkilar” uchun quyi dvizion vakilidan futbolchi harid qilish birinchi marta sodir bo‘lmayapti. Boisi, o‘tgan mavsum “Lester” safida to‘purar bo‘lib, premer-liga chempionligini qo‘lga kiritishda faol qatnashgan Jeymi Vardi ham 2011/2012 mavsumda 5-dvizionda to‘p surar edi.
Ma’lumot uchun, amaldagi chempionlar ayni damda 21 ochko bilan musobaqa jadvalida 17-pog‘onani egallab turishibdi.

Fikrlar