"Liverpul" asosiy tarkib futbolchisi bilan uzoq yillik shartnoma imzoladi
“Liverpul” klubi o‘zining asosiy himoyachisi Jo Gomes bilan amaldagi shartnomani uzaytirdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Unga ko‘ra 21 yoshli angliyalik futbolchining mersisayd klubi bilan imzolagan yangi kelishuvi 2024 yilga qadar tuzilgan. Aytish lozimki, tomonlarning bungacha bo‘lgan shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan edi.
Ma’lumot uchun, Gomes “Liverpul” safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 59ta o‘yinda maydonga tushib, jamoasining 3ta goliga assistentlik qilishga erishgan.
Fikrlar