
"Liverpul" himoyachisi kamida bir oy maydonga tusha olmaydi
"Liverpul" klubi himoyachisi Jo Gomes joriy 2018 yilda boshqa maydonga tusha olmaydi. Bu haqda The Sun nashri xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra 21 yoshli futbolchi kecha APLning 15-turida "Byornli"ga (3:1) qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda chap oyog‘idan jarohat olgan. Shifokorlarning aytishicha endi u kamida 4-6 hafta maydonga tusha olmaydi.
Shu tariqa Gomes "Napoli" va "Manchester Yunayted"ga qarshi muhim uchrashuvlarda mersisaydliklarga yordam bera olmaydi.
Ma’lumot uchun, Gomes joriy mavsum “Liverpul” safida 13ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar