
“Lokomotiv” Oliy Liganing yangi chempioni!
Hozirgina Oliy Liga 29-turidan o‘rin olgan bugungi bahslar yakunlandi.
E’tiborlisi, chempionlik uchun kurashayotgan “Bunyodkor” o‘z maydonida “Navbahor” bilan durang o‘ynab “Lokomotiv”ni muddatidan oldin chempion bo‘lishga “ko‘maklashib yubordi”.
Ayni paytda “temiryo‘lchilar” hisobida 68 ochko bor. “Qaldirg‘ochlar” esa bitta ko‘p o‘yin o‘tkazgan holda 63 ochko jamg‘arishgan va Oliy Liganing bu yilgi mavsumida bronza medallarini egallashdi.
SPORTS.uz internet axborot portali “Lokomotiv”ni chempionlik bilan tabriklaydi.
Fikrlar