Lopetegi: Benzema – buyuk futbolchi

  • 2 sentabr, 2018, 12:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi jamoa forvardi Karim Benzema ko‘rsatayotgan o‘yin haqida gapirib o‘tdi.

“Nega endi Benzema bir mavsumda 30ta 40ta gol ura olmasligi kerak? Biz uchun eng muhimi bu jamoa g‘alabasi, gol urish esa jamoadagi barcha futbolchilarning ishi. Benzema – buyuk futbolchi va har doim shunday bo‘lgan. Uning yutuqlari to‘liqligicha uning o‘zining harakatlari mahsuli. U jamoaga yordam berishdan doimo xursand bo‘ladi”, - deydi tajribali mutaxassis.

Ma’lumot uchun, Benzema joriy mavsum La Liganing o‘tgan 3ta turida raqiblari darvozasini 4 marotaba ishg‘ol etishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!