
Lopetegining "Real"da amalga oshiradigan ilk xaridi kimligi ma’lum
Bugun "Real"ga bosh murabbiy etib tayinlangan Xulen Lopetegi kuzda 33 yoshni qarshilaydigan yarim himoyachi Luka Modrichga ajoyib o‘rinbosar topib qo‘ydi.
Tarqatilgan xabarlarga ko‘ra 51 yoshli mutaxassis “qirollik klubi”ga "Bavariya"dan yarim himoyachi Tyago Alkantarani olib kelmoqchi. Unga ko‘ra aynan 27 yoshli ipsaniyalik futbolchi “Real”ning mavsumlar oralig‘idagi ilk transferi bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Alkantara “Real”ning ashaddiy raqibi hisoblangan “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U kataloniyaliklar safida 2008-2012 yillarda to‘p surgan.
Fikrlar