Luis Garsiya: Koutino ham Neymardek o‘ynay oladi
Yaqin o‘tmishdagi braziliyalik mashhur futbolchi Luis Garsiya "Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutinoni PSJ forvardi Neymar bilan tenglashtirdi.
“Ular turlicha. Ammo, Koutino ham huddi Neymardek natijaga foyda keltirishi mumkin. Chunki u ham Neymardek ko‘p gol ura oladi. To‘g‘ri, Neymar nisbatan yorqinroq o‘ynaydi. Chunki u to‘p bilan juda ko‘p muomala qiladi va xatto u bilan 50 metrga yugura oladi. Lekin samaradorlik jihatidan ularni o‘zaro tenglashtirish mumkin”, - deydi Garsiya.

Fikrlar