MYu bugun Angliya liga kubogida "Derbi Kaunti" bilan kuch sinashadi.
Bugun Angliya liga kubogining 3-raundida "Manchester Yunayted" o‘z maydonida "Derbi Kaunti"ni qabul qiladi.
Uchrashuvga oid qiziqarli faktlar:
- O‘tgan mavsum ushbu jamoalar Angliya kubogining 3-raundida o‘zaro to‘qnash kelishgan edi. 2018 yilning 5 yanvar kuni bo‘lgan bahsda “Manchester Yunayted” 2:0 hisobida zafar quchib navbatdagi bosqichga yo‘l olgan edi.
- MYuning “Derbi” ustidan qozonayotgan ketma-ket g‘alabalar soni 4taga etdi.
- "Derbi Kaunti" oxirgi marta "Manchester Yunayted"ni 2009 yil aynan Angliya liga kubogi doirasida mag‘lub etgan. O‘shanda 1:0 hisobi qayd etilgan.
- "Derbi Kaunti" joriy mavsum safarda o‘tkazgan 6ta o‘yindan 4tasida g‘alaba qozondi.
"Manchester Yunayted" – "Derbi Kaunti"
Stadion: "Old Trafford" (Manchester, Angliya)
Boshlanish vaqti: 00:00
Bosh hakam: Styuart Atvell
Taxminiy tarkiblar:
"Manchester Yunayted": Romero – Dalot, Smolling, Lindelef, Yang, MakTominay, Pereyra, Fred, Martyal, Mata, Reshford.
"Derbi": Karson – Bogl, Kio, Tomori, Meloun, Djonson, Ledli, Maunt, Yozefson, Bennett, Marriott.

Fikrlar