MYu hujumchisi nechta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi?

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford Angliya Premer-ligasi 4-turi doirasida "Byornli"ga qarshi o‘yinda zaxiradan maydonga tushib, oradan 10 daqiqa o‘tar-o‘tmas Filipp Bardsliga tajovuzkor xatti-harakat qilgani uchun maydondan chetlatilgan edi.

Angliya Futbol Assotsiyasiyasi yosh forvard 3 ta o‘yinni o‘tkazib yuborishini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, Reshford APL doirasida «Uotford» va «Vulverxempton», shuningdek Angliya Liga kubogi doirasida "Derbi Kaunti"ga qarshi  uchrashuvlarda jamoasiga yordam berolmasligi ma’lum bo‘ldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!