MYu kelgusi yoz Beyl uchun "Real"ga 150 million evro taklif qilmoqchi
"Manchester Yunayted" klubi "Real" vingeri Garet Beylni qo‘lga kiritish uchun yana bir bor urunib ko‘rmoqchi.
Football Espana nashrining xabar berishicha mankuanliklar kelgusi yoz 29 yoshli uelslik futbolchi uchun “qirollik klubi”ga naqd 150 million evro taklif qilishmoqchi. Futbolchining o‘ziga esa yiliga 25 million evro maosh to‘lashga tayyor.
Ma’lumot uchun, Beyl joriy mavsum “Real” safida jami 6ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar