
MYu rahbariyati Mourinoning o‘rniga 2ta nomzodni ko‘rib chiqmoqda
"Manchester Yunayted" klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinoning o‘rniga 2ta mutaxassisning nomzodini ko‘rib chiqmoqda.
Le 10 Sport nashri tarqatgan xabarga qaraganda portugaliyalik mutaxassisning o‘rniga keladigan asosiy nomzod sifatida ayni damda ishsiz yurgan “Real”ning sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan tilga olinmoqda. Shuningdek ushbu lavozimga “Tottenxem” ustozi Maurisio Pochettinoning ham nomzodi ko‘rib chiqilmoqda.
Eslatib o‘tamiz agar MYu Mourinoni iste’foga chiqaradigan bo‘lsa, unga 26 million evro tovon puli to‘lashi lozim.
Fikrlar