MYu rahbariyati Zidan bilan muzokaralar o‘tkazayotgani haqidagi xabarlarni inkor etdi

  • 30 sentabr, 2018, 11:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” rahbariyati bir qator nashrlarda “Real” sobiq ustozi Zinedin Zidan bilan muzokaralar o‘tkazishayotgani haqidagi xabarlarni be’manilik deb atadi.

Ta’kidlash lozimki bundan avvalroq frantsiyalik mutaxassis mankuanliklar safida ishlashga qiziqish bildirayotgani va buning uchun ingliz tilini o‘rganayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq, MYu rahbariyati bu xabarlarni inkor etdi.

Eslatib o‘tamiz, Joze Mourino boshchiligidagi jamoa mavsumni omadsiz boshladi. Ular ayni damda APLda o‘tgan 7ta turdan so‘ng 10 ochko bilan 10-o‘rinni egallab turishibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!