Mahmud Muradov yangi yilga qadar yana ikkita jang o‘tkazadi
O‘zbekistonlik aralash jang san’atlari ustasi Mahmud Muradov joriy yil yakuniga qadar yana ikkita jang o‘tkazadi. Dastlabki jang shu yilning 18 noyabr sanasida Slovakiya poytaxti Bratislava shahrida bo‘lib o‘tsa, ikkinchi jang 27 dekabr kuni Pl’zen shahrida (Chexiya) o‘tkaziladi.
Hozircha mazkur janglarga unga kim raqiblik qilishi noma’lum.
Eslatib o‘tamiz, Mahmud so‘nggi marta 7 oktyabr kuni Pl’zen shahri mezbonlik qilgan “X Fight Nights 12” turniri doirasida ringga chiqib, aniq zarbalar seriyasi evaziga bolgariyalik Deyan Topalskini (16−6) muddatidan oldin mag‘lub qilgan edi.
29 iyun kuni braziliyalik Devid Ramires bilan bo‘lgan revansh jangidan so‘ng u XFN versiyasi bo‘yicha chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan edi.

Fikrlar