Makgregor Meyvezerni olti, Pakyaoni ikki raundda "sindiradi"

  • 02.03.2017 11:58
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugungi kunda yakkakurashlar olamida aralash jang san’atlari ustasi Konor Makgregor va professional boks ustalari - Floyd Meyvezer hamda Menni Pakyao ishtirokidagi janglarni tashkil etilishini intizorlik bilan kutishmoqda.

 

Aralash jang san’atlari bo‘yicha jahon chempioni Konor Makgregor bilan mashg‘ulotlarda sparring janglarini o‘tkazayotgan jang ustasi Artyom Lobov Konorning imkoniyatlarini yuqori baholadi.

- Boks muxlislari mendan nafratlanishlari mumkin, - dedi Artyom Lobov. - Konorga qarshi jangda Meyvezer olti, Paktyao ikki raund turoladi xolos. Men avval Aldu Makgregor bir daqiqa ham qarshilik ko‘rsatolmasligini aytgandim. Amalda shunday bo‘lganini hamma ko‘rdi. Men anchadan buyon Konor bilan sparring janglarida qatnashyapman va uning imkoniyatlarini yaxshi bilaman.

Ayni paytda Floyd Meyvezer sportchilik faoliyatini tugatgan va faqatgina Makgregor bilan jang uchun yana ringga qaytishga tayyor ekanini bildirgan. Pakyao esa Amir Xan bilan jangga tayyorlanmoqda.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!