“Manchester Siti” Dibalani “Real”dan tortib olmoqchi
“Yuventus” klubi hujumchisi Paulo Dibala o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan jamoalar soni ortib bormoqda. Endi ular safiga “Manchester Siti” ham qo‘shildi.
Argentinalik hujumchi kelayotgan yozgi transferlar mavsumida grand klublarning asosiy nishoniga aylanishi kutilmoqda. Avvalroq unga “Real” klubi ham jiddiy qiziqayotganligi aytilgan edi, biroq “qirollik klubi” frantsiyalik hujumchi Karim Benzema jamoani tark etgan taqdirdagina ushbu xaridni amalga oshirishni rejalashtirgan.

OAV tarqatgan xabarga ko‘ra, ayni damda “Manchester Siti” 23 yoshli futbolchini Angliyaga olib ketish uchun ko‘proq imkoniyatga ega.

Fikrlar