"Manchester Siti" Kovachichni sotib olish fikridan qaytdi
"Manchester Siti" klubi "Real" yarim himoyachisi Mateo Kovachichni sotib olish fikridan qaytib qoldi.
Sky Sports nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” tomonidan 24 yoshli xorvatiyalik futbolchining transferiga qo‘yilgan 90 mln evrolik narx “shaharliklar” uchun biroz qimmatlik qilgan.
Shu bois “Siti” Kovachichning transferidan voz kechib, uning o‘rniga boshqa futbolchi qidirishni boshlab yuborgan.
Fikrlar