"Manchester Siti" ukrainalik futbolchisini APLning boshqa bir jamoasiga sotishga rozi bo‘ldi

  • 09.08.2018 15:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Vulverxempton” klubi hamon “Manchester Siti” yarim himoyachisi Aleksandr Zinchenkoning transferi borasidagi ishlarni davom ettirmoqda.

Tecno

Sky Sports nashri tarqatgan xabarga ko‘ra jamoalar 21 yoshli ukrainalik futbolchining transferi borasida o‘zaro kelishuvga erishishgan. “Vulverxempton” Zinchenko uchun “shaharliklar”ga 16 million funt to‘laydi.

Biroq, “Vulverxempton” rahbariyatining oldida futbolchining o‘zi bilan kelishib olish qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Zinchenko “Manchester Siti”da qolib, asosiy tarkibga kirish uchun kurash olib bormoqchiligi haqida aytib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!