
“Manchester Yunayted” gvardiyachilari
Ueyn Runi “MYu” safida o‘tkazgan o‘yinlar soni bo‘yicha 6-o‘ringa ko‘tarilib olishga muvaffaq bo‘ldi. Shu munosabat bilan esa biz “qizil iblislar” safida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar bilan sizlarni tanishtirishni maqsad etdik.
- “Arsenal”ning qimmatbaho sotuvlari
- “Sautgempton” faqat mana shu tarkib bilan “MYu”ni yutishi mumkin edi
- Yo‘l harakatini buzuvchi futbolchilar
6. Ueyn Runi – 550 ta o‘yin
2004 yilda “Everton”dan sotib olingan Runi 13 yil ichida “MYu” afsonasiga aylanib ulgurdi. Bu vaqt oralig‘ida 550 ta o‘yinda maydonga tushgan Runi raqiblar darvozasini 250 bor ishg‘ol etishga erishadi. Ueyn “qizil iblislar” tarixidagi eng yaxshi to‘purar ekanini ko‘pchilik bilsa kerak. Umuman Runi Manchesterdagi 13 yilda jamoa bilan 15 ta sovrinni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan.
5. Garri Nevill – 602
Garri Nevill “MYu” safida oz emas, ko‘p emas 692 ta o‘yinda maydonga tushadi va raqiblar darvozasini 7 bor aniq nishonga ola biladi. Buncha o‘yin o‘tkazish uchun esa Garriga 19 yil kerak bo‘ldi. Hozirda televideniyada ekspertlik qilayotgan Nevill “mankunianlar” bilan 20 ta titulni qo‘lga kiritadi.
4. Bill Foulks – 688
50-70 yillarda faoliyat yuritgan Foulks ham butun faoliyatini “MYu”da o‘tkazadi. “Old Trafford”da 18 mavsum to‘p surgan Foulks bu vaqt oralig‘ida 688 ta o‘yinda maydonga tushadi. Umuman Foulks “qizil iblislar” bilan 10 ta sovringa ega chiqqan.
3. Pol Skoulz – 718
Skoulz ham Foulks xamda Nevill singari klub tarbiyalanuvhcisi sanaladi va butun faoliyatini “Manchester Yunayted”ga bag‘ishlaydi. 1993 yilda debyut qilgan Pol 2012 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan bo‘lsada, jamoadagi jarohatlar sabab yana katta futbolga qaytadi. Shunday qilib umumiy hisobda 20 yil “MYu” safida to‘p surgan Skoulz 25 ta titulni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan.
2. Bobbi Charlton – 758
Ser Bobbi Charlton ham gvardiyachilar, ham klub to‘purarlari orasida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Charlton 17 mavsum “MYu” safida to‘p surgan va 758 ta uchrashuv o‘tkazib 249 gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan.
1. Rayan Giggz – 963
1991 – 2011 yillarda to‘p surgan Giggz “Yunayted” safida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi sanaladi. Bundan tashqari, Giggz hisobida “MYu” libosida kiritilgan 168 ta gol borligini ham aytish joiz. 24 yil “Old Trafford”da to‘p surgan uelslik sobiq futbolchi klub bilan 35 ta titulni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan.
Shahzod Xolboev tayyorladi
Fikrlar