Manchester derbisi oldidan MYu muxlislari uchun ajoyib xabar

  • 8 dekabr, 2017, 21:11
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Joze Mourino hujumchi Zlatan Ibragimovich, yarim himoyachi Nemanya Matich va himoyachi Fil Jonslar Angliya Premer-Ligasi 16-turidan o‘rin olgan "Manchester Siti"ga qarshi bahsda maydonga tushishga tayyor ekanliklarini aytib o‘tdi.

Tecno

Maruan Fellaynining holatiga esa ertaga aniqlik kiritiladi. Shu o‘rinda, Manchester derbisini Maykl Kerrik va Erik Bayilar jarohati bois o‘tkazib yuborishlarini qayd etish joiz.

Ma’lumot uchun, "Manchester Yunayted" - "Manchester Siti" qarama-qarshiligi 10 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21.30 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!