Manjukich Odil Ahmedovga jamoadosh bo‘lishni istamadi

  • 17.01.2019 21:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Turinning "Yuventus" klubi forvardi Mario Manjukich Xitoy jamoasidan bo‘lgan taklifni rad etdi.

TMW tarqatgan xabarga ko‘ra hamyurtimiz Odil Ahmedov to‘p suradigan “Shanxay SIPG” klubi 32 yoshli xorvatiyalik futbolchiga 3 yillik shartnoma va juda katta maosh va’da qilgan. Biroq, Manjukich ushbu taklifni rad etgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Manjukich jarohati sabab taxminan 3-4 oy maydonga tusha olmasligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!