Mark Markesning «Xonda»siga hech kim eta olmadi

CHERY AUTO

“MotoGP” bo‘yicha Valensiyada Gran-pri musobaqasining saralash bahslari o‘tkazildi.

Tecno

Rikkardo Tormo avtodromida o‘tkazilgan poygada «Xonda» jamoasi a’zosi Mark Markes barcha raqiblarini ortda qoldirib, birinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek, Yoann Zarko «Tek 3-Yamaxa»da,  Andrea Yannone «Suzuki» mototsiklida shohsupaning ikkinchi va uchinchi o‘rinlaridan joy oldi.

Musobaq natijalari bilan tanishing:

  1. Mark Markes («Xonda») – 1.29.897
  2. Yoann Zarko («Tek 3-Yamaxa») +0,349
  3. Andrea Yannone («Suzuki») +0,502
  4. Xorxe Lorenso («Dukati») +0,563
  5. Dani Pedrosa («Xonda») +0,692
  6. Mikele Pirro («Dukati») +0,867
  7. Valentino Rossi («Yamaxa») +0,951
  8. Alesh Espargaro («Apriliya») +0,960
  9. Andrea Dovitsiozo («Dukati») +1,064
  10. Aleks Rins («Suzuki») +1,075

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!