Marko Roys: Chempionlik haqida gapirishga hali juda erta
Dortmundning "Borussiya" klubi sardori Marko Roys kecha "Bavariya" (3:2) ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Bizda zaxira ochkolar paydo bo‘lgani yaxshi, biroq, “Bavariya” juda kuchli. Shu bois chempionlik haqida gapirishga hali juda erta. Chunki bu borada boshqa raqobatchilar ham mavjud. Masalan “Borussiya” Myunxengladbax ham oddiy jamoa emas
Birinchi bo‘limda o‘z o‘yinimizni namoyish etolmadik, sababi, “Bavariya” kuchlri bosim o‘tkazdi. Ikkinchi bo‘limda esa biz o‘zimizga ishonch bilan harakat qildik. Bu ajoyib o‘yin bo‘ldi ”, - deydi Roys.
Ma’lumot uchun, ushbu g‘alabadan so‘ng “Borussiya” Dortmund o‘z peshqadamligini saqlab qoldi, bundan tashqari o‘zining printspial raqibi hisoblangan “Bavariya” bilan oradagi farqni 7 ochkoga etkazib oldi.
Fikrlar