Mauritsio Sarri Rakitichni "Chelsi"da ko‘rmoqchi
Londonning "Chelsi" klubi "Barselona" xavbeki Ivan Rakitichning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi.
Mirror nashri tarqatgan xabarga ko‘ra xorvatiyalik futbolchiga shaxsan "aristokratlar" bosh murabbiyi Mauritsio Sarri qiziqib qolgan va uni jamoasida ko‘rishni xohlamoqda. Ushbu transfer mavsum yakunlangach amalga oshirilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Rakitich “Barselona”da qolmoqchiligi haqida gapirib o‘tgan edi.
Ma’lumot uchun, Rakitich “Barselona” safiga 2014 yil “Sevilya”dan ko‘chib o‘tgan.
Fikrlar