Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan iborat O‘zbekiston terma jamoasi Turkiyada nazorat uchrashuvi o‘tkazdi

  • 26 fevral, 2019, 14:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
Xabaringiz bor shu kunlarda mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan iborat O‘zbekiston terma jamoasi Turkiyaning Antaliya shahri o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari o‘tkazmoqda. Terma jamoa bosh murabbiyi Jamshid Asadov mashg‘ulotlar davomida futbolchilarning jismoniy holati va texnikasi ustida ish olib bormoqda.

Bugun ular Turkiyada nazorat o‘yini o‘tkazishdi. Antaliya U-17 jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda vakillarimiz 8:4 hisobida g‘alaba qozonishdi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.
 
Mazkur terma jamoa a’zolari bu yil iyul oyida Polshada bo‘lib o‘tadigan Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o‘rtasidagi Jahon Kubogida ishtirok etishadi. Ushbu musobaqaga munosib tayyorgarlik ko‘rish maqsadida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan terma jamoa a’zolariga barcha sharoitlar yaratib berilmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!