Mendesh Mbappening agenti bo‘lmasada, uning transferidan 9 mln evro ishlab olgan

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Futbol agenti Jorje Mendesh frantsiyalik hujumchi Kilian Mbappening “Monako”dan PSJga o‘tishida yaxshigina daromad qilgan.

Football Leaks nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi bu transferdan 9 million evro ishlab olgan. Eng qiziqg‘i shundaki, bu xarid amalga oshishida Mendesh qanday ishtirok etgani. Manbada yozilishicha, orqa tomonda shartnomalar imzolanishi bilan bog‘liq.

Futbolchi 2017 yili “Monako”dan bir yildan so‘ng transfer huquqini sotib olish sharti bilan PSJga o‘tgan. Uning transfer huquqini qo‘lga kiritish uchun parijliklar 180 mln evro sarflaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!